Mirzacho‘l tuman XTB mansabdor shaxslari ortiqcha sinflar shakllantirish, ta’til, ish haqi va ustama pullarni ortiqcha to‘lash, qo‘shib yozish, kamomad kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. Ular davlatga qariyb 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan. DXX ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Xatirchi tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish davrida 1,7 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijonda yaqin tanishlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uch kishini maktab direktori va o‘rinbosari lavozimlariga tayinlash masalasini ijobiy hal qilishi evaziga 8400 dollarni olgan shaxs ushlandi. U pulning 900 dollarini Andijon shahar XTB boshlig‘iga olib borishi kerakligini aytgan. Tezkor tadbir davomida XTB rahbari ham 900 dollar bilan qo‘lga tushgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting